Kontent qismiga oʻtish

Francis

Vikipediya, erkin ensiklopediya
Papa
Fransisk
Tavalludi
Xorxe Mario Bergolyo

1936-yil 17-dekabr
Vafoti 2025-yil 21-aprel
Vatikan
Fuqaroligi Argentina[1][2]
Faoliyat yillari 2013-yil, 13-mart — 2025-yil, 21-aprel
Millati Argentinalik (Vatikan fuqarosi boʻlgan)
Otasi Mario José Bergoglio
Onasi Regina María Sívori
Imzosi

Fransisk (lotincha: Franciscus; italyancha: Francesco; ispancha: Francisco; asl ismi — Xorxe Mario Borgelyo (ispancha: Jorge Mario Bergoglio;[3] 17-dekabr, 1936 - 21-aprel, 2025), nomi bilan ham tanilgan – argentinalik katolik ruhoniy boʻlib, 2013-yil 13-martida Rim papasi etib saylangan[4]. Fransisk 266-chi papa boʻlib, iyezuitlardan[5] va gʻarbiy hamda janubiy yarimsharlardan bu unvonga erishgan birinchi odam hisoblanadi.

Rim papaligiga saylanishidan avval u argentinalik diniy arbob, kardinаl va ilohiyot fanlari doktori bo‘lgan. 1998–2013-yillarda Buenos-Ayres arxiyepiskopi va Argentina yepiskopi lavozimlarida faoliyat yuritgan.

  1. (unspecified title)BBC News Online.
  2. (unspecified title)BBC News Online.
  3. ispancha talaffuzi: Xorxe Maryo Bergʻogʻlyo, italyancha talaffuzi: Bergolyo.
  4. „Cardinals Pick Bergoglio, Who Will Be Pope Francis“ (inglizcha). The New York Times (14-mart).
  5. „Argentinaʼs Jorge Mario Bergoglio elected Pope“. BBC News (13-mart 2013-yil). Qaraldi: 13-mart 2013-yil.