Kontent qismiga oʻtish

Avlod

Vikipediya, erkin ensiklopediya

Avlod (arabcha: وْلَاد‎; „valad“ – bola soʻzining koʻpligi) — 1) umumiy ajdodlaridan qarindoshlik munosabatlari bilan bir xilda uzoqlashgan kishilar guruhi. Masalan, ota-onalar, farzandlar, nabiralar – ketma-ket kelganligi uchun avlod deb ataladi; ota va oʻgʻil, ona va qiz farzand tugʻilishi oraligʻidagi vaqt bir avlod davri (taxminan 30 yil) sanaladi; bir ajdod (bobo)dan tar qalgan kishilar. Avlod ota va ona avlodiga boʻlinadi. Ota avlodga amaki-amakivachchalar, amma-ammavachchalar, aka-ukalar va ulardan tarqalgan keyingi nasl, ona avlodga togʻa-togʻavachchalar, xola-xolavachchalar va ulardan tarqalgan nasl kiradi; 2) ma’lum davr kishilari, masalan, yosh avlad va boshqa.[1]

  1. „Avlod“, Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (A-harfi). Toshkent: „Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi“ Davlat ilmiy nashriyoti, 2000–2006-yillar.